Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Internet bepul va umuman o‘chmaydi: Janubiy Koreyada «davlat tarifi» yo‘lga qo‘yilmoqda

Internet bepul va umuman o‘chmaydi: Janubiy Koreyada «davlat tarifi» yo‘lga qo‘yilmoqda

Illyustrativ foto

Janubiy Koreya hukumati 2026-yilning aprel oyidan aholining aloqa huquqlarini himoya qilish maqsadida barcha fuqarolar uchun bepul bazaviy mobil internet joriy etilishini e’lon qildi.

Internet mutlaqo bepul, lekin tezlik 400 Kbit/s.gacha cheklangan bo‘ladi. Bu tezlik video ko‘rish uchun yetmasa-da, messenjerlardan foydalanish (matnli xabarlar), xaritalarni ochish va davlat xizmatlaridan foydalanish uchun kifoya qiladi.

Qanday ishlaydi?

Agar abonentning pullik tarifidagi trafigi tugasa, u avtomatik ravishda uzilib qolmaydi, balki bepul «davlat bezlimiti»ga o‘tadi. Ushbu imkoniyat mamlakatdagi yirik uch operator (SK Telecom, KT va LG Uplus) abonentlari uchun amal qiladi. Dastur 7 milliondan ortiq foydalanuvchini qamrab olishi kutilmoqda.

Yangi tizim 2026-yilning iyun oyigacha to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Seul shahri sayyohlar uchun gavjum joylarda (masalan, Myondon, Songsu-dong) yuqori tezlikdagi bepul Wi-Fi zonalarini kengaytirmoqda.

Ma’lumot uchun: aholini internet bilan ta’minlash borasida Finlyandiya tajribasi ham maqtovga loyiq. Mamlakatda internet-provayderlarga har bir fuqaroni kamida 1 Mbit/s tezlikdagi internet bilan ta’minlash majburiyatini yuklovchi qonun 2010-yildan buyon amal qilmoqda. Finlyandiya hukumati internetdan foydalanish imkoniyatini muhimlik darajasi bo‘yicha so‘z erkinligi va harakatlanish erkinligiga tenglashtirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring