Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janni Infantino O‘zbekiston terma jamoasiga omad tiladi

Janni Infantino O‘zbekiston terma jamoasiga omad tiladi

Janni Infantino O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi tarixiy ishtiroki munosabati bilan jamoaga omad tiladi.

FIFA prezidenti o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida O‘zbekiston terma jamoasining jahon futbol sahnasidagi ilk ishtiroki muhim voqea ekanini ta’kidlab, futbolchilarga muvaffaqiyat tiladi.

«Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan FIFA Jahon chempionatida O‘zbekistonga omad tilayman. Jahon futbol sahnasidagi tarixiy debyut oldidan milliy jamoaga eng ezgu tilaklarimni bildiraman. Ular muxlislarini faxrlantirishi, tarixda yangi sahifa ochishi va butun dunyoga o‘z imkoniyatlarini namoyon etishini tilayman», – deb yozdi Infantino.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati guruh bosqichida Kolumbiya, Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring