Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Klint Istvud 96 yoshida kinodagi faoliyatini yakunladi

Klint Istvud 96 yoshida kinodagi faoliyatini yakunladi

Foto: Playground

Amerikalik kino afsonasi: aktyor, rejissyor va prodyuser Klint Istvud kinodagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda uning o‘g‘li Kayl Istvud o‘z konsertida ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Klint Istvud 31-may kuni 96 yoshni qarshiladi.

«Erkakning ko‘z yoshlari» (2021) filmi Klint Istvudning so‘nggi aktyorlik ishi bo‘ldi. «2-raqamli hakam» sud trillerini esa ko‘pchilik Istvudning rejissyorlik faoliyatidagi yakuniy filmi deb hisoblaydi.

Klint Istvudning kinodagi faoliyati 60 yildan ortiq davom etdi. Ushbu davr mobaynida u besh marta «Oskar» mukofotiga sazovor bo‘ldi: «Kechirilmagan» va «Million dollarlik qizaloq» filmlari uchun eng yaxshi rejissyorlik va eng yaxshi film nominatsiyalarida ikkitadan sovrin, shuningdek, kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun Irving Talberg nomidagi faxriy «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritgan.

U 60 dan ortiq filmlarda suratga tushgani. Ularning ichida eng mashhurlari «Yaxshi, yomon, yovuz», «Medison okrugi ko‘priklari», «Sirli daryo», «Million dollarlik qizaloq» va «Gran Torino» hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring