Kreml Zelenskiyning ochiq xatiga munosabat bildirdi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Vladimir Putinga yo‘llagan ochiq maktubi bilan tanishganini bildirdi.
Jurnalistlarning savoliga javob bergan Peskov: «Ha, biz uni ko‘rdik. U prezident ishtirokidagi tadbir vaqtida e’lon qilingan edi», – dedi.
Peskovning qo‘shimcha qilshicha, Zelenskiy istalgan vaqtda Moskvaga kelishi mumkin.
«Zelenskiy istalgan payt Moskvaga kelishi mumkin. Prezident Putin aytganidek, agar Zelenskiy gaplashmoqchi bo‘lsa, Moskvaga kelib, buni amalga oshirishi mumkin», – dedi Kreml matbuot kotibi.
Ayni paytda Kreml mazkur takliflarga munosabat bildirgan bo‘lsa-da, Moskva tomonidan Zelenskiyning muzokaralar haqidagi tashabbuslariga rasmiy javob hozircha berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z rasmiy saytida Rossiya rahbari Vladimir Putinga yo‘llangan ochiq maktubni e’lon qilgan edi. Unda Ukraina rahbari urushni tugatish maqsadida shaxsiy uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter