Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qiyomat kuni muzligi» Maldiv va Tinch okeanidagi orollarni cho‘ktirib yuborishi mumkin

«Qiyomat kuni muzligi» Maldiv va Tinch okeanidagi orollarni cho‘ktirib yuborishi mumkin

Male — Maldiv poytaxti

Foto: Wikimedia

Antarktidadagi dunyoning eng yirik aysbergi parchalanishni boshladi. Ushbu jarayon keltirib chiqaradigan zanjirli reaksiya Tinch okeanidagi orollarni, jumladan, sayyohlarning sevimli maskani bo‘lgan Maldivni ham suv ostida qoldirishi mumkin.

Bu haqda RF akademiyasi yetakchi ilmiy xodimi, iqlimshunos va biofizik Aleksey Karnauxov ogohlantirmoqda.

«Agar «Qiyomat kuni muzligi» deb ataluvchi ushbu aysberg okeanga qo‘shilib ketsa, suv sathi 50 santimetrga ko‘tariladi. So‘ngra Antarktidaning boshqa muzliklari ham qo‘zg‘alib, zanjirli reaksiya boshlansa, umumiy ko‘tarilish uch metrga yetishi mumkin. Ko‘plab orol davlatlari uchun bu so‘nggi hukm demakdir», — dedi u.

Maldiv orollarining eng baland nuqtasi taxminan ikki metrgacha ko‘tarilgan. Suv sathi uch metrga ko‘tarilganda, davlat hududi shunchaki g‘arq bo‘ladi. Shu bilan birga, Tinch okeanida o‘nlab bunday orol-davlatlar bor.

2025-yilda A23a dunyodagi eng yirik aysberg edi, biroq sentyabrda ushbu maqomini yo‘qotdi. 2026-yil apreliga kelib u mayda bo‘laklarga bo‘linib ketgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi — aysberg 100 baravarga kichiklashdi. Endi «Qiyomat kuni muzligi»ning tez sur’atlarda yemirilishi olimlarni xavotirga solmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring