Toshkent uchun yana 56 dona zamonaviy metro vagonlari xarid qilinadi
2026-yil davomida Toshkent metropoliteni yana 56 dona zamonaviy metro vagonlari bilan to‘ldiriladi. Buning natijasida tasarrufdagi harakat tarkiblarini yangilanishiga hamda yo‘nalishlarda poyezdlar oraliq intervalini qisqartirishga erishiladi.
Toshkent metropoliteni xabariga ko‘ra, 2021-yilgacha 36 ta poyezd harakatlangan bo‘lsa, so‘nggi 3 yil davomida zamonaviy turdagi 41 ta yangi harakat tarkiblari xarid qilinib, 2025 yilga kelib, poyezdlarning soni 75 tadan ortgan.
Ma’lumot uchun, Toshkent metropolitenining qariyb 40 yil mobaynida bekatlar soni 29 tani va umumiy uzunligi 38 kmni tashkil etgan bo‘lsa, so‘nggi 6 yil davomidagi bunyodkorlik ishlari hisobiga qo‘shimcha 33 km metro yo‘nalishlari va 21 ta yangi bekatlar qurib, foydalanishga topshirildi. Buning natijasida metropoliten bekatlari soni jami 50 taga hamda yo‘nalishlar uzunligi 71 kmga yetdi.
Buning natijasida, 2021-yil bir kunda 280-300 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatgich 920-930 mingni tashkil qildi va bugun bu son bir kunda 1 mlndan ortmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter