Turkiya va Misrga sayohat qilgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yil yanvar–fevral oylarida 34 634 nafar O‘zbekiston fuqarosi turizm maqsadida Turkiyaga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming nafarga oshgan.
Safar maqsadlari bo‘yicha tahlil qilinganda, asosiy ulushni sayyohlik tashkil etgan. Xususan, 28 416 nafar fuqaro dam olish va sayohat maqsadida Turkiyaga borgan.
Shuningdek, 5 364 nafar fuqaro qarindoshlarini yo‘qlash uchun, 311 nafar xizmat yuzasidan, 300 nafar o‘qish va 243 nafar davolanish maqsadida safar qilgan.
Shu davrda Misrga safar qilgan o‘zbekistonliklar soni 8 890 nafarni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 ming nafarga kamayganini ko‘rsatadi.
Misrga borganlarning asosiy qismi ham sayyohlik maqsadida safar qilgan. Jumladan, 8 463 nafar fuqaro dam olish uchun ushbu mamlakatni tanlagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter