Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent metropolitenining "Yer usti halqa yo‘li" to‘liq ishga tushdi

Toshkent metropolitenining

Foto: Xabar.uz

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha poyezdlar har yetti daqiqada harakatlanmoqda.

Toshkent metropolitenining "Yer usti halqa yo‘li" to‘liq ishga tushirildi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK ma’lum qildi.

"Bugun 1 noyabr tongidan boshlab ushbu yo‘nalish yo‘lovchilar uchun to‘liq ishga tushirilgan bo‘lib, hozirda ushbu yo‘nalishda 12 ta harakat tarkibi 7 daqiqalik interval bilan harakatlanmoqda", - deyiladi xabarda.

“O‘zbekiston Mustaqilligining 30-yilligi” deb nomlanuvchi Toshkent metrosining yer usti halqa yo‘li loyihasi Rossiya, Turkiya va Germaniya mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va uni besh bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda yer usti halqa yo‘lning 14ta bekati ishga tushirilgan Texnoparkdan - Qipchoq bekatigacha. Qurib bitkazilgandan so‘ng, halqa yo‘li 35 ta stansiyani o‘z ichiga oladi va uzunligi 52 kilometr bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring