Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yozuvchi va shoirlar uchun Prezident mukofoti joriy etiladi

Yozuvchi va shoirlar uchun Prezident mukofoti joriy etiladi

Foto: Amity.uz

Ilg‘or ijodkor Prezident mukofoti joriy etiladi.

Prezident farmoniga ko‘ra, 2027-yildan har 2 yilda 1 marta 12-avgust – Xalqaro yoshlar kuni arafasida «Avlodlar muloqoti» xalqaro yoshlar kongressi o‘tkaziladi. 

2026-yildan har yili sentyabr oyida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida milliy urf-odatlarga tayanib, yuksak madaniy-estetik me’yorlar hamda xavfsizlikni ta’minlagan holda «Yoshlik – hayotning baxtli va oltin davri» shiori asosida umummilliy yoshlar festivalini o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yiladi.

2026-yildan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan yosh ijodkorlarni rag‘batlantirish maqsadida «Ilg‘or ijodkor» Prezident mukofoti joriy etiladi. Unga ko‘ra:

- she’riyat, dramaturgiya hamda bolalar adabiyoti yo‘nalishlari bo‘yicha eng yaxshi yozuvchi va shoirlar mukofotlanadi;

- har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar BHMning 200 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

2026-yildan hududlarda ta’lim muassasasi, sport ob’yektlari, yoshlar va madaniyat markazi, kutubxona, kinoteatr, konsert-tomosha zali, ko‘ngilochar saylgoh va bog‘lardan iborat yoshlarga mo‘ljallangan infratuzilma ob’yektlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha minimal standartlar joriy etiladi.

2026–2027-yillarda har bir hududda 1 tadan turizm, gastronomik, yoshlar sayilgohi va savdo-servisga ixtisoslashgan maxsus xizmat ko‘rsatuvchi ko‘chalarda kutubxona,«book cafe», kitob do‘konlari joylashtiriladi.

Kitob sotuvini oyiga 10 mingdan oshirgan tadbirkorlarga 1 mlrd so‘mgacha Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga ssuda ajratish choralari ko‘riladi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring