Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston TIV Ukrainani Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston TIV Ukrainani Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 24-avgust — Ukraina Mustaqillik kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Vazirlikning rasmiy X sahifasida e’lon qilingan postda Ukrainadagi do‘stlar Mustaqillik kuni bilan samimiy qutlangan.

«Ukrainadagi barcha do‘stlarimizni Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklaymiz», – deyiladi TIV xabarida.

Postda O‘zbekiston va Ukraina davlat bayroqlari ham aks ettirilgan.

O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar esa 1992-yilda o‘rnatilgan.

Ma’lumot uchun, Ukraina parlamenti 1991-yil 24-avgustda mamlakat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risidagi hujjatni qabul qilgan. Mazkur qaror o‘sha yilning 1-dekabrida o‘tkazilgan umumxalq referendumida tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining X’dagi rasmiy sahifasi mamlakat tashqi siyosat idorasining rasmiy axborot manbalaridan biri hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring