Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi tuzilmasiga qo‘shimcha maslahatchi-elchi lavozimi kiritiladi

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi tuzilmasiga qo‘shimcha maslahatchi-elchi lavozimi kiritiladi

Tashqi siyosiy va davlat tashabbuslarini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida 2026-yil 1-yanvardan O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi tuzilmasiga qo‘shimcha maslahatchi-elchi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining AQShdagi vakili lavozimi kiritiladi.

Prezidentning tegishli farmonida belgilanishicha:

  • maslahatchi-elchi lavozimiga tayinlash va undan ozod etish, shuningdek, faoliyati reglamentini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi;
  • maslahatchi-elchi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga hisobdor va O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi diplomatik vakolatxonasi rahbari faoliyatini ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish qismida qo‘llab-quvvatlashga mas’ul hisoblanadi.

Shuningdek, hujjat bilan maslahatchi-elchi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilmoqda:

  • O‘zbekiston va AQShda yirik va strategik investitsiya va savdo loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashabbus ko‘rsatish va muhokama qilish;
  • O‘zbekiston tomonidan Kengash ishini kompleks muvofiqlashtirish.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring