Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Shavkat Mirziyoyev iyul oyida Belarusga rasmiy tashrif bilan boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev iyul oyida Belarusga rasmiy tashrif bilan boradi

Joriy yil iyul oyida Minsk shahrida O‘zbekiston va Belarus hududlari forumining uchinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Belarus Bosh vaziri o‘rinbosari Viktor Karankevich bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Uchrashuv Belarus delegatsiyasining Toshkentga tashrifi doirasida, «INNOPROM. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat ko‘rgazmasining asosiy yalpi majlisida ishtirok etish munosabati bilan bo‘lib o‘tdi.

Aripovning ta’kidlashicha, joriy yildagi eng muhim voqealardan biri – O‘zbekiston Prezidentining Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi bo‘ladi. Ayni paytda mazkur tashrifga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Shuningdek, iyul oyida Minsk shahrida hududlar forumini o‘tkazish rejalashtirilgani ma’lum qilindi. Bosh vazir ikki davlat hududlari o‘rtasidagi hamkorlik faol rivojlanayotganini, o‘zaro tashriflar muntazam amalga oshirilayotganini qayd etdi.

Yaqin istiqboldagi rejalarga ko‘ra, may oyida Toshkent shahrida Hukumatlararo komissiyaning 12-yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Aripov Belarusni O‘zbekistonning yaqin va ishonchli hamkori sifatida ta’riflab, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda jadal sur’atlarda rivojlanayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayon tashqi iqtisodiy ko‘rsatkichlarda ham o‘z aksini topmoqda.

Shuningdek, u 2026 yil fevral oyida Belarus Bosh vaziri Aleksandr Turchinning O‘zbekistonga amaliy tashrifi davomida qo‘shma loyihalar muhokama qilinganini va hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilganini eslatib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring