Prezident Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovga javob maktubi yo‘lladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovga uning Samarqandda YuNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilishi munosabati bilan yo‘llagan tabriknomasiga javoban maktub yo‘llab, Qirg‘iziston tomoni ushbu tadbirga nufuzli delegatsiyasini yuborgani uchun minnatdorlik izhor etdi.
«Mazkur xalqaro forum so‘nggi qirq yil ichida ilk bor YuNESKO Bosh qarorgohidan tashqarida - qadimiy Samarqand shahrida o‘tkazilayotgani Markaziy Osiyo mintaqasining umumiy muvaffaqiyati ekani, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori tobora oshib borayotgani haqidagi iliq so‘zlaringiz biz uchun g‘oyat qadrlidir.
Konferensiyada ilgari surilgan muhim tashabbuslar va qabul qilinadigan qarorlar ta’lim, fan va madaniyat sohasida global hamkorlikning yangi ufqlarini ochishi, o‘zaro do‘stlik muhitini yanada kuchaytirishi haqidagi fikrlaringizga ham to‘liq qo‘shilaman.
Aminmanki, o‘rtamizdagi chin qardoshlik rishtalarining tobora mustahkamlanib borayotgani va bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlarimiz strategik sherikligimizni yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi», – deyiladi maktubda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter