Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun O‘zbekiston MTJ Misr futbolchilariga qarshi maydonga tushadi

Bugun O‘zbekiston MTJ Misr futbolchilariga qarshi maydonga tushadi

Bugun, 14-noyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tayotgan «Al Ain Cup» turniri doirasida Misr futbolchilariga qarshi maydonga tushadi.

O‘zbekiston va Misr o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Kecha, 13-noyabr kuni musobaqaning ilk uchrashuvi o‘tkazildi va unda Eron terma jamoasi Kabo-Verde termasiga qarshi tup surishdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi va penaltilar seriyasida 5:4 hisobida Eron g‘alaba qozondi.

Endi Eron 18-noyabr kuni final bahsida ishtirok etadi. Kabo-Verde jamoasi esa 17-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda 3-o‘rin uchun bellashadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu vaqtga qadar Afrika qit’asining 7 ta –Nigeriya, Burkina-Faso, Marokash, Senegal, Uganda, Janubiy Sudan va Kamerun terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring