Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YChL. Chorak finalda «Real» «Bavariya»ga qarshi, «Barselona» «Atletiko» bilan kuch sinashadi

YChL. Chorak finalda «Real» «Bavariya»ga qarshi, «Barselona» «Atletiko» bilan kuch sinashadi

Foto: Getty Images

Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvlari yakuniga yetdi. Gollarga boy o‘yinlarning barchasida mezbonlarning qo‘li baland keldi.

YChL. 1/8 final

Barselona — Nyukasl 7:2 (umumiy hisob — 8:3)
Gollar: Rafinya 6, 72, Bernal 18, Yamal 45+7, Fermin 51, Levandovski 56, 61 — Elanga 15, 28

Liverpul — Galatasaroy 4:0 (umumiy hisob — 4:1)
Gollar: Soboslai 25, Ekitike 52, Gravenberx 53, Saloh 62

Tottenhem — Atletiko Madrid 3:2 (umumiy hisob — 5:7)
Gollar: Kolo Muani 30, Simons 52, 90 penalti — Alvares 47, Hansko 75

Bavariya — Atalanta 4:1 (umumiy hisob — 10:2)
Gollar: Keyn 25 penalti, 54, Karl 56, Dias 70 — Samarij 86

Shu tariqa Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘l olgan barcha 8 ta klub nomi to‘liq ma’lum bo‘ldi.

1/4 final juftliklari:

«Sporting» — «Arsenal»

«Real» — «Bavariya»

«PSJ» — «Liverpul»

«Barselona» — «Atletiko»

Chorak finalning ilk o‘yinlari 7-8-aprelda, javob uchrashuvlari 14-15-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring