Eldor Shomurodovning transfer qiymati oshib, Abbosbek Fayzullayevga tenglashdi
Transfermarkt portali Turkiya Superligasida to‘p surayotgan futbolchilarning transfer narxlarini yangiladi. Unga ko‘ra, Eldor Shomurodovning bahosi sezilarli darajada oshdi.
Eldor Shomurodovning transfer qiymatiga 2 million yevro qo‘shilib, 7 million yevroni tashkil etmoqda.
Bunga uning «Istanbul Bashakshehir» safidagi muvaffaqiyatli o‘yinlari sabab bo‘ldi. U joriy mavsumda Superliganing 24 ta o‘yinida 16 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eldorning jamoadoshi — yana bir yurtdoshimiz Abbosbek Fayzullayevning transfer qiymati o‘zgarmadi, uning ham narxi — 7 mln yevro.
Jiddiy jarohat olib safdan chiqqan Husniddin Aliqulovning qiymati ham oldingidek qoldi — 1,5 million yevro.
Turkiya Superligasining eng qimmat futbolchilari uchligi:
- Viktor Osimhen — «Galatasaroy», 75 mln yevro)
- Matteo Genduzi — «Fenerbahche», 28 mln yevro
- Barish Yilmaz — «Galatasaroy», 26 mln yevro


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter