Futbol bo‘yicha DXX kubogi Toshkent shahrida start oldi
Bugun, 4-aprel kuni futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda har yili an’anaviy tarzda futbol va mini-futbol bo‘yicha tashkil etilayotgan DXX kubogi musobaqalaridan ko‘zlangan asosiy maqsad ham — yoshlar orasida sportni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishdan iborat ekanligi ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, 2025-yilgi mavsumda o‘tkazilgan musobaqalarda Toshkent shahrida 110 mingdan ortiq yoshlar qamrab olingan bo‘lib, ularning 15 mingdan ortig‘i futbol o‘yinlarida bevosita ishtirokchi sifatida (mini-futbol — 6330, futbol — 9360) qatnashgan.
Shuningdek, 3 ming nafardan ziyod «Yoshlar daftari»ga va 2 ming nafardan ziyod ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar futbol musobaqalarida jamoalar safida ishtirok etgan.
Futbol bo‘yicha Toshkent shahar bosqichida 1-o‘rinni Chilonzor, 2-o‘rinni Shayxontohur va 3-o‘rinni Yunusobod jamoalari qo‘lga kiritgan.
Qayd etilishicha, DXX kubogi — 2025 musobaqalarining Respublika bosqichida mini-futboldan Shayxontohur tumani «Yangi beltepa» jamoasi 1-o‘rinni, Mirzo Ulug‘bek tumani qizlar jamoasi 2-o‘rin va futbol bo‘yicha Chilonzor tumani «Katta Qoziravot» mahallasi jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Tadbirda Toshkent shahrida futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqalariga start berildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter