JCh-2026: O‘zbekiston terma jamoasi qancha ishlab top(a)di?
FIFA Kengashi 2026-yilda AQSh, Kanada va Meksikada o‘tadigan FIFA Jahon chempionati (FIFA World Cup 2026™) uchun rekord darajadagi moliyaviy paketni tasdiqladi. Unga ko‘ra, turnirda ishtirok etuvchi mamlakatlar federatsiyalariga jami 727 million AQSh dollari ajratiladi. Bu ko‘rsatkich Qatar–2022 chempionatiga nisbatan 50 foizga ko‘p.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqqanini hisobga olib, quyida milliy terma jamoamizning qancha mablag‘ ishlab olishini ko‘rib chiqish mumkin.
Demak, FIFA qarorlariga ko‘ra, Jahon chempionatiga yo‘l olgan har bir terma jamoa kafolatlangan tarzda kamida 10,5 million dollar oladi. Bu summa quyidagilardan iborat:
- 9 million dollar — guruh bosqichida (33–48-o‘rinlar) ishtirok uchun mukofot puli
- 1,5 million dollar — tayyorgarlik xarajatlarini qoplash uchun
Demak, O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor Jahon chempionatiga chiqqani uchun mamlakat futbol tizimiga kamida 10,5 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib keladi.
O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori bosqichlarga chiqsa, olinadigan mablag‘lar sezilarli darajada ortadi:
- Chorak finalga chiqsa (5–8-o‘rinlar) — 19 million dollar
- Yarim finalga chiqsa:
- 4-o‘rin — 27 million dollar
- 3-o‘rin — 29 million dollar
- Finalga chiqsa:
- Vitse-chempion — 33 million dollar
- Jahon chempioni — 50 million dollar
«Jahon chempionati - 2026 jahon futbol hamjamiyatiga qo‘shadigan moliyaviy hissasi nuqtai nazaridan olamshumul voqea bo‘ladi», - deydi FIFA prezidenti Janni Infantino.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter