Klebo qishki Olimpiya o‘yinlari afsonasiga aylandi
Avvalroq Olimpiya o‘yinlari tarixidagi eng sovrindor sportchiga aylangan norvegiyalik chang‘ichi Yohannes Xyosflot Klebo oltin medallari sonini 11 taga yetkazdi.
Italiyada o‘tayotgan Olimpiadada u fenomenal natija qayd etdi: 6 ta poyga — 6 ta g‘alaba! Klebo skiatlon, sprint, 10 km masofaga alohida start, estafeta, jamoaviy sprint hamda marafon bahslarida tengsiz ekanligini isbotladi.
Tarixda ilk bor:
- JCh-2025: 6 ta poygada 6 ta g‘alaba — Klebo uddaladi!
OO‘-2026: 6 ta poygada 6 ta g‘alaba — Klebo rekordini takrorladi!
Eng yirik turnirlardagi qatorasiga 12 ta g‘alaba uni qishki Olimpiya o‘yinlari afsonasiga aylantirdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter