O‘zbekiston Farg‘onada Eronni mag‘lub etdi
O‘zbekiston hamda Eron o‘rtasidagi o‘rtoqlik bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston raqib darvozasiga uchta gol urdi.
Dastlab uchrashuv boshida Eldor Shomurodov hisobni ochdi. Tezkor goldan so‘ng birinchi taym davomida darvozalar boshqa ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘lim boshida Eron hisobni tenglashtirdi. Biroq O‘zbekiston hujumni kuchaytirdi va 58-daqiqada Shomurodov penaltidan gol urib, jamoani hisobda oldinga olib chiqdi.
Qo‘shimcha vaqtda Husayn Norchayev gol urdi va O‘zbekistonning ishonchli g‘alabasini ta’minladi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston – Eron 3:1
Hakamlar: Kirill Levnikov, Dmitriy Yermakov, Andrey Vereteshkin (Rossiya)
VAR: Akobirxo‘ja Shukurullayev
AVAR: Islom Azimov
Gol: Eldor Shomurodov 10, 1:0, Ramin Rizoyan 49, 1:1, Eldor Shomurodov 58, 2:1, Husayn Norchayev 90+4, 3:1.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter