Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

U-17 Jahon chempionati: bugun O‘zbekiston yoshlari uchun hal qiluvchi kun

U-17 Jahon chempionati: bugun O‘zbekiston yoshlari uchun hal qiluvchi kun

Bugun, 11-noyabr kuni O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi U-17 Jahon chempionatidagi guruh bosqichini yakunlaydi. Hal qiluvchi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi panamalik raqiblariga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan soat 18:30 da bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi guruh bosqichining dastlabki o‘yinida Paragvayni 2:1 hisobida mag‘lub etgan, biroq keyingi uchrashuvda Irlandiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Ayni paytda guruhda Irlandiya peshqadam – 6 ochko. O‘zbekiston va Paragvayda 3 tadan, Panamada esa hali birorta ham ochko yo‘q. Shu bois bugungi o‘yin O‘zbekiston uchun 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish borasida muhim hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring