So‘nggi 30 yilda ruhiy xastalikka yo‘liqqanlar soni ikki hissa oshdi
Jahonda so‘nggi 30 yilda ruhiy xastalikka yo‘liqqanlar soni ikki hissa oshdi. Tadqiqot natijalari «The Lancet» jurnalida e’lon qilindi.
Ruhiy kasalliklarning global miqyosda tarqalishi misli ko‘rilmagan darajaga yetdi: 2023-yilda dunyoda 1,17 milliard atrofida ruhiy kasallik holati qayd etildi — bu 1990-yildagiga nisbatan 95,5 foizga ko‘pdir. «Global kasalliklar yuki» deb nomlangan keng ko‘lamli tadqiqot mualliflari shunday xulosaga kelishdi.
Xavotirli buzilishlar, katta depressiv zo‘riqish, distimiya (surunkali depressiya), nerv anoreksiyasi, nerv bulimiyasi, shizofreniya va xulq-atvordagi shikastlanishlar — bu kasalliklarga chalinish holatlari soni salmoqli darajada o‘sgan.
«Global kasalliklar yuki»ga sabablar ro‘yxatida ruhiy xastaliklar DALY (nogironlik hisobga olingan holda yo‘qotilgan hayot yillari) 12-o‘rindan 5-o‘ringa ko‘tarildi. Tadqiqotchilarning baholashicha, 2023-yilga borib ruhiy buzilishlar bilan bog‘liq nogironlik tufayli butun dunyo aholisi umumiy hisobda 171 million yillik sog‘lom hayotini yo‘qotdi.
Ruhiy buzilishlar yuki ko‘rsatkichlari erkaklarga nisbatan ayollar orasida yuqoriroq ekanligi ma’lum bo‘ldi. Eng zaif (kasallikka chalinuvchan) yosh guruhi — 15 dan 19 yoshgacha bo‘lganlar.
Tadqiqot mualliflari sog‘liqni saqlash resurslarining mavjudligi yoki yetarliligidan qat’i nazar, ruhiy kasalliklarning ko‘payishi dunyoning barcha mintaqalarida qayd etilganini alohida ta’kidlamoqdalar.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter