Akademik litseylarga kirish test natijalari e’lon qilindi
2026/2027 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari (mandat) e’lon qilindi.
Abituriyentlar yakuniy natijalarni my.edu.uz hamda my.gov.uz rasmiy platformalaridagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin.
Qayd etilishicha, o‘quvchilar to‘plagan ballari asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.
Shuningdek, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz portali orqali shaxsiy kabinetidan elektron shaklda apellyasiya shikoyati yuborish huquqiga ega.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter