O‘zbekistonliklar 4 oyda ta’lim olishga 14,5 trln so‘m sarfladi
O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar-aprel oylarida ta’lim sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 14,5 trln so‘mni tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,6 foizga oshgan.
Ta’lim xizmatlari tarkibida oliy ta’lim muassasalari yetakchi o‘rinni egalladi. Mazkur yo‘nalish umumiy xizmatlar hajmining 43,3 foizini shakllantirgan.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi. Poytaxtda ta’lim xizmatlari hajmi 7,5 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lib, bu respublika bo‘yicha umumiy hajmning katta qismini qamrab olgan.
Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati 993,6 mlrd so‘m, Farg‘ona viloyati 834 mlrd so‘m va Andijon viloyati 730,7 mlrd so‘mlik ko‘rsatkichlar bilan qayd etildi. Shuningdek, Toshkent viloyatida 717,8 mlrd so‘mlik ta’lim xizmatlari ko‘rsatilgan.
Eng past ko‘rsatkichlar Sirdaryo viloyatida 159,1 mlrd so‘m, Navoiy viloyatida 179,8 mlrd so‘m va Jizzax viloyatida 215,1 mlrd so‘mni tashkil qildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter