O‘zbekistonliklar o‘qish uchun qaysi davlatlarni tanlamoqda?
2026-yilning yanvar–fevral oylarida 3 964 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish maqsadida xorijga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2025-yilning shu davriga nisbatan 1,2 ming nafarga yoki 23,6 foizga pasayish qayd etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonliklar eng ko‘p Rossiyaga ta’lim olish uchun yo‘l olgan. Ushbu davlatga 989 nafar talaba safar qilgan. Koreya 679 nafar bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Qirg‘iz Respublikasiga 639 nafar fuqaro o‘qish maqsadida borgan.
Shuningdek, Turkiyaga 300 nafar, Tojikistonga 276 nafar va Xitoyga 252 nafar talaba yo‘l olgan. Qolgan 829 nafar fuqaro boshqa davlatlarda ta’lim olishni tanlagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter