Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2035 yilga borib SIni «saqlab turish» 4 baravar qimmatroqqa tushadi

2035 yilga borib SIni «saqlab turish» 4 baravar qimmatroqqa tushadi

Prognozlarga ko‘ra, 2035 yilga borib sun’iy intellektni qo‘llab-quvvatlovchi Data-markazlar yiliga taxminan 1600 Terravatt-soat elektr energiyasini talab qiladi.

Bu jahon miqyosidagi umumiy energiya iste’molining 4,4 foizi deganidir. Aniqrog‘i keyingi 10 yil ichida energiya sarfi hozirgi darajadan taxminan to‘rt baravarga oshib ketadi.

Ayni kunlarda ham sohadagi asosiy asosiy to‘siq grafik protsessorlar yetishmasligi emas, balki elektr energiyasi va infratuzilmaning ishonchliligi bo‘lib qolmoqda.

Google, Microsoft va Amazon kabi yirik kompaniyalar Data-markazlarida quvvat cheklovlariga duch kelayotgani bunga yaqqol misol.

Ayrim kompaniyalar esa allaqachon o‘z energiya ishlab chiqarish tizimlarini barpo etishnit boshlagan.  Yoki ma’lumot markazlarini elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi stansiyalarga yaqin hududlarda joylashtirmoqda.

Xulosa qilib aytganda yaqin o‘n yillikda elektr energiyasi sun’iy intellekt rivojining asosiy cheklovchi omiliga aylanishi mumkin.

Manba: theregister.com

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring