Avstraliyada endi bolalar ijtimoiy tarmoqlarga kira olmaydi
Avstraliyada 16 yoshgacha bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlangan dunyodagi birinchi qonun kuchga kirdi. Platformalar ularga 49,5 million Avstraliya dollarigacha (33 million AQSh dollari) jarimalar tahdidi ostida kirishni to‘sib qo‘ydi, deb xabar berdi Reuters.
Qonun 2024-yil noyabrda qabul qilingandi. O‘shanda ijtimoiy tarmoq egalariga 16 yoshgacha bo‘lgan avstraliyaliklarni platformalarga kiritmaslik yoshni tekshirish usulini o‘ylab topish va boshqa choralarni izga qo‘yish uchun bir yil muhlat berilgandi.
Mamlakat bosh vaziri Entoni Albanezening ta’kidlashicha, qonun yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yangiliklar va algoritmlarning bosimidan ularni asrashga qaratilgan. Siyosatchi bolalarga telefonni bir chekkaga qo‘yib, o‘rniga sport bilan shug‘ullanish, kitob o‘qish, oila va do‘stlar davrasida bo‘lishni tavsiya qildi.
Hozircha taqiq 10 ta eng yirik ijtimoiy tarmoqqa taalluqli, ammo hukumat yangi platformalar paydo bo‘lishi baravarida ro‘yxatni o‘zgartirib boradi. Deyarli barcha kompaniyalar foydalanuvchilarning yoshini selfi orqali tekshirishini ma’lum qildi. Shuningdek, foydalanuvchilarning yoshi yuklab olingan hujjatlar yoki bank kartalariga qarab ham tekshirilishi mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter