Niderlandiyalik dipfeyk bilan 46 ta bank hisob raqamini buzib kirdi
Niderlandiya fuqarosi dipfeykdan foydalanib, 46 ta bank hisob raqamini buzib kirdi.

Deepfake — sun’iy intellekt va «chuqur o‘rganish» (deep learning) dan foydalanib, yuz, uning ifodasi, imo-ishoralar yoki nutqni almashtirish orqali insonning haqiqiy tasviri yoki ovozini soxtalashtirish uchun audiovizual kontentni yaratish yoki o‘zgartirish texnologiyasi.
Firibgar-haker ijaraga uy olmoqchi bo‘lganlarning pasport skanerlarini yig‘ib, keyin sun’iy intellekt yordamida ularning yuzini o‘zinikiga «qo‘yib», ya’ni boshqalarning ko‘zi, burni va og‘zidan foydalanib, banklarda selfi-verifikatsiyadan o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.
Shaxsiy ma’lumotlaringizga juda ehtiyot bo‘ling, suratlaringizni ijtimoiy tarmoqlarda hadeb tarqatavermang!


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter