Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Texnogigantlar sun’iy intellekt uchun 700 mlrd dollar sarmoya kirityapti

Texnogigantlar sun’iy intellekt uchun 700 mlrd dollar sarmoya kirityapti

Meta, Alphabet, Microsoft va Amazon’ning yangi hisobotlariga ko‘ra, kompaniyalarning aksariyati 2026-yil uchun kapital xarajatlarini oshirgan.

Eng katta o‘sish Meta’da kuzatildi – kompaniya capex hajmini 125-145 milliard dollargacha ko‘tardi. Bu avvalgi rejaga nisbatan qariyb 8 foizga yuqori.

Microsoft va Alphabet ham xarajat prognozlarini oshirgan. Amazon esa xarajatlarni 200 milliard dollar darajasida saqlab qolgan.

Umumiy hisobda ushbu to‘rt gigant sun’iy intellekt infratuzilmasi – data-markazlar, chiplar, tarmoqlar va bulutli texnologiyalar uchun qariyb 700 milliard dollar sarflamoqchi.

Biroq bunga bozor reaksiyasi turlicha bo‘ldi. Ya’ni Alphabet aksiyalari 10 foizga o‘sdi,
Meta aksiyalari esa 9 foizga tushdi.

Mutaxassislarga ko‘ra, investorlar endi xarajat miqdoridan ko‘ra, uning qay darajada daromad keltirishiga e’tibor qaratmoqda.

Google o‘zining AI-chiplarini tashqi kompaniyalarga ham taklif qilishni boshlashini ma’lum qildi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Meta ham mijozlar qatorida bor.

Google Cloud’ning choraklik daromadi 63 foizga oshib, 20 milliard dollardan oshdi.

Meta esa AI-chiplarini asosan ichki xarajatlarni qisqartirish uchun ishlatmoqda. Bu esa investorlar ishonchining pasayishiga sabab bo‘lmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring