Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh va Eron kelishuviga 2 hafta muddat qolgani aytildi

AQSh va Eron kelishuviga 2 hafta muddat qolgani aytildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan bog‘liq mojaroda yaqin ikki hafta ichida «to‘liq g‘alaba»ga erishilishini aytdi.

«Biz muzokaralar olib boryapmiz va ular juda yaxshi kelishuv tuzishni xohlamoqda. Ular bizga barcha narsani berishga, yadroviy quroldan voz kechishga tayyor. Menimcha, biz bu kurashda g‘alaba qozonamiz. Bu to‘liq g‘alaba bo‘ladi va juda tez orada yuz beradi. Neft narxlari ham keskin pasayadi», – dedi Tramp.

CNN ta’kidlashicha, Tramp avval ham bir necha bor muhim natijalarga «ikki hafta ichida» erishilishini aytgan. Bu safargi bayonot Eron va Isroil o‘rtasidagi o‘zaro zarbalar fonida yangradi.

Shu bilan birga, AQSh rahbari Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni Eronga qarshi hujumlarni davom ettirish oqibatlaridan ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, 7-iyun kuni Eron Isroil hududiga bir nechta raketa uchirganini ma’lum qildi. Tehron buni Isroilning Bayrutdagi nishonlarga bergan zarbalariga javob deb atagan. Keyinchalik Isroil ham Eron hududidagi obyektlarga hujum qilgan.

Tramp har ikki tomonni harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirib, AQSh va Eron o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari yakuniy bosqichga yaqinlashganini bildirdi. Uning fikricha, agar jarayonga «nodonlik yoki ahmoqlik» xalal bermasa, kelishuv tez orada imzolanishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring