Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Boylar ham yig‘laydi»: Yaqin Sharqdan ketish chiptasi 350 ming dollargacha qimmatlashdi

«Boylar ham yig‘laydi»: Yaqin Sharqdan ketish chiptasi 350 ming dollargacha qimmatlashdi

Foto: Daily Mail

Yaqin Sharqdagi harbiy keskinlik fonida badavlat shaxslar va yuqori martabali rahbarlar mintaqani tark etish uchun xususiy samolyotlarga yuz minglab dollar sarflamoqda. Bu haqda Semafor nashri xabar berdi

AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy kampaniyasi hamda bu mamlakatning javob zarbalari oqibatida mintaqadagi eng yirik Dubay aeroporti yopildi va Ar-Riyod asosiy evakuatsiya xabiga aylandi. Saudiya Arabistoni poytaxtida joylashgan aeroport mintaqada yopilmagan kam sonli havo portlaridan biri bo‘lib turibdi, shu bois Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan boy odamlar va yuqori martabali rahbarlarni evakuatsiya qilish uchun asosiy yo‘nalishga aylandi.

Manbalarga ko‘ra, xususiy qo‘riqlash kompaniyalari Dubaydan (BAA) odamlarni Ar-Riyodga tashish uchun yo‘ltanlamas mashinalarga buyurtma bermoqda. Bunday sayohat 10 soat davom etadi. Ular Ar-Riyoddan xususiy samolyotlarni yollab, odamlarni mintaqadan olib ketishmoqda. Ar-Riyoddan Yevropaga shaxsiy samolyotlarda uchish narxi hozir 350 ming dollarga yetgan, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring