Damashqdagi bayramda bir o‘smir halok bo‘ldi, 265 kishi jarohatlandi
Suriyada Bashar Asad rejimi ag‘darilganining bir yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayramda tiqilinchda bir kishi halok bo‘ldi, 265 kishi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat o‘tish davri hukumatiga bo‘ysunuvchi sog‘liqni saqlash vazirligi bayonot berdi.
Tiqilinchda 17 yoshli o‘smir havo yetishmasligidan bo‘g‘ilib vafot etgan. Jabrlanganlarning aksariyatiga shifokorlar joyida yordam ko‘rsatdi, 18 kishi shifoxonalarga yotqizilgan.
Bayram 8-dekabr kuni tongda poytaxt Damashqdagi Ummaviylar maydonida boshlanib, unda ishtirok etish uchun o‘n minglab suriyaliklar kelgan.
Ma’lumot uchun: Bashar Asad rejimi 2024-yilda 8-dekabrda qulagan. Bir yil avval mamlakatdan qochib ketgan Asad oilasi bilan Rossiyada yashayapti. Suriyada 8-dekabr «Ozodlik kuni» deb e’lon qilingan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter