Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Durov WhatsApp’ni «tarixdagi eng katta aldovlardan biri» deb atadi

Durov WhatsApp’ni «tarixdagi eng katta aldovlardan biri» deb atadi

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Meta kompaniyasiga tegishli WhatsApp’ni keskin tanqid qildi.

U o‘zining Telegram-kanalida WhatsApp’ning «shifrlash» tizimi xavfsizligiga shubha bilan qaraydi va uni «tarixdagi eng katta aldovlardan biri» deb ataydi. Durovning ta’kidlashicha, bu xizmat milliardlab foydalanuvchilarni chalg‘itmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, WhatsApp foydalanuvchilar xabarlarini o‘qishi va ularni uchinchi tomonlar bilan bo‘lishishi mumkin. Durov esa Telegram bunday amaliyotni hech qachon qo‘llamagani va kelajakda ham qo‘llamasligini bildirdi.

Postda u Meta’ga qarshi da’vo va shaxsiy xabarlarga kirish imkoniyati haqidagi material skrinshotini ham keltirgan.

Ma’lum qilinishicha, Durov avval ham WhatsApp’ni tanqid qilib kelgan. U 2026-yil yanvar oyida ushbu messenjer xavfsizligiga ishonishni keskin tanqid qilgan, 2022-yilda esa uni kuzatuv vositasi deb atagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring