Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Eng qashshoq» prezident...

«Eng qashshoq» prezident...

Urugvayning 40-prezidenti Xose Muxika — dunyodagi eng qashshoq prezident.

Jurnalistlar Muxikani kamtargina hayot tarzi hamda prezidentlik maoshidan ozginasini olib, katta qismini xayriya qilgani uchun eng qashshoq (yoki eng saxiy) prezident deb ta’riflashgan. Muxika 12 500 dollar oyligining 1 250 dollarini o‘ziga ishlatgan.

Rafiqasi (senator) bilan prezident saroyida umuman yashamagan. Montevideodagi fermadagi qishloq uyini afzal bilan. Ro‘zg‘or uchun kerakli suvni hovlidagi quduqdan o‘zi tashigan.

Arab shayxlaridan biri uning eski «qo‘ng‘iz Folksvageni»ni sotib olmoqchi bo‘lib million dollar taklif qilganida rad javobini olgan (aslida mashina ikki ming dollarlik edi). Muxika mashina do‘stlarining sovg‘asi ekanini, sovg‘alar sotilmasligini aytgan.

Bugun Xose Muxika olamdan o‘tdi. Eng saxiy prezident 89 yil umr ko‘rdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring