Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron sobiq tashqi ishlar vaziri aviazarba qurboni bo‘ldi

Eron sobiq tashqi ishlar vaziri aviazarba qurboni bo‘ldi

Foto: Haqqin

Eron sobiq tashqi ishlar vaziri Kamol Xarroziy o‘tgan haftadagi aviazarbada olgan jarohatlari oqibatida payshanba oqshomida vafot etdi, deb xabar berdi mamlakat davlat televideniyesi.

Xarroziy islohotchi prezident Muhammad Hotamiy davrida tashqi ishlar vazirligini boshqargan, keyinchalik esa halok bo‘lgan oliy rahbar — oyatulloh Ali Xomanaiyning tashqi ishlar bo‘yicha maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan.

2022-yilda Xarroziy Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida Tehron «yadro bombasini ishlab chiqarish uchun texnik imkoniyatlarga ega ekani, biroq Eron uni yaratish bo‘yicha qaror qabul qilmaganini» ta’kidlagan edi. Bu bayonot o‘sha paytda Tehronning niyatlari borasida xalqaro hamjamiyatda xavotirlar uyg‘otgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring