Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevroittifoq «Tolibon» bilan ilk bor rasmiy muzokara o‘tkazadi

Yevroittifoq «Tolibon» bilan ilk bor rasmiy muzokara o‘tkazadi

Foto: Global Look Press

Yevroittifoq «Tolibon» vakillari bilan tarixdagi ilk rasmiy uchrashuvni o‘tkazadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Bryusseldagi sammit YIga a’zo bir nechta davlatning iltimosiga binoan tashkil etilmoqda. Unda tomonlar ayrim afg‘on muhojirlarini Afg‘onistonga deportatsiya qilish yo‘llarini muhokama qilishni rejalashtirgan. Uchrashuv sanasi hozircha belgilanmagan. YI vakillari afg‘on hukumati bilan uchrashish niyati Yevroittifoq «Tolibon»ni tan olganini anglatmasligini alohida ta’kidladi.

Bryusseldagi muzokaralar toliblarning ommaviy ravishda e’lon qilingan ilk tashrifi bo‘ladi, biroq shu yilning yanvar oyida YI rasmiylari Qobulga borib, harakat vakillari bilan uchrashgan edi. Yevroittifoq ushbu munozaralarni davom ettirish uchun «Afg‘onistonning amaldagi hukumati bilan Bryusselda texnik darajadagi ehtimoliy navbatdagi uchrashuv ustida» ishlamoqda.

YI davlatlari hududida 100 mingdan ortiq afg‘on qochqinlari bor. Ular 2021-yilda toliblar hokimiyatga kelganida boshpana olishgan. Yevroittifoqning Afg‘oniston bilan diplomatik aloqalari mavjud emasligi sababli, hozirgi vaqtda davlatlar jinoyat sodir etgan yoki xavfsizlikka tahdid soladigan muhojirlarni deportatsiya qila olmayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring