Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘iston tuxum importini yarim yilga taqiqladi

Qozog‘iston tuxum importini yarim yilga taqiqladi

Qozog‘iston tuxum importini 6 oy muddatga chekladi. Bu haqda KazTAG agentligi mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligi buyrug‘iga tayanib xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, barcha xorijiy davlatlardan, jumladan YeOIIga a’zo mamlakatlardan tuxum olib kirish taqiqlandi. Cheklov ulgurji importga taalluqli.

Vazirlik mamlakat hududi orqali tuxum tranziti to‘liq saqlanib qolishini, YeOII davlatlari o‘rtasidagi tashishlar ham Qozog‘iston orqali erkin amalga oshirilishini ma’lum qildi.

Rasmiylarga ko‘ra, mazkur qaror ichki bozorni qo‘llab-quvvatlash va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida qabul qilingan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring