Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sakson yoshni qoralagan prezident yana saylanmoqchi

Sakson yoshni qoralagan prezident yana saylanmoqchi

Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva 2026-yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida nomzodini qo‘yish niyati borligini ma’lum qildi. Bu haqda EFE nashri xabar berdi

"Men to‘rtinchi muddatga ham nomzodimni qo‘yaman. Mandatim 2026 yil oxirida tugaydi, biroq men yangi saylovlarga qatnashishga tayyorlanyapman", dedi Lula da Silva indoneziyalik hamkasbi Prabovo Subianto bilan Jakartadagi uchrashuvi chog‘ida. 

Lula da Silva 79 yoshda. U 2003-yildan 2011- yilgacha ketma-ket ikki muddat prezidentlik qilgan. Keyin u 2022-yilgi saylovda g‘alaba qozongan va 2023-yilda yana davlat rahbari lavozimini egalladi. 

Braziliya Konstitutsiyasi prezidentga ketma-ket ikki muddatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga saylanishiga ruxsat beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring