Tramp: Isroil va Eron o‘t ochishni to‘xtatishga intilmoqda
AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, Isroil va Eron o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish hamda tinchlikka erishish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.
«Har ikki tomon — Isroil ham, Eron ham zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni istamoqda. Yakuniy tinchlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda», – dedi Tramp.
Uning ta’kidlashicha, ayrim to‘siqlarga qaramay, muzokaralar davom etmoqda va vaziyat tez orada hal bo‘lishi kutilmoqda.
Tramp shuningdek, «yakuniy kelishuv»ga erishilmaguncha amaldagi blokada to‘liq kuchda saqlanib qolishini bildirgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter