Tramp ma’muriyatida «ayollar iste’fosi» davom etmoqda: mehnat vaziri lavozimidan ketdi
Lori Chaves-DeRemer.
AQSh mehnat vaziri Lori Chaves-DeRemer xizmat mavqeini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq janjal ortidan lavozimidan olindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u shaxsiy safarlariga davlat hisobidan uchish uchun qo‘l ostidagi xodimlarni hujjatlarni soxtalashtirishga majburlagan.
Bundan tashqari, u shaxsiy qo‘riqlash xizmati xodimi bilan noo‘rin munosabatlarda bo‘lganlik va xodimlari bilan shubhali yozishmalar olib borganlikda ayblanmoqda. Avvalroq o‘tkazilgan surishtiruv natijalariga ko‘ra, vazirlikning kamida to‘rt nafar xodimi egallab turgan lavozimidan chetlatilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem va bosh prokuror Pem Bondi ham o‘z lavozimlarini tark etgan edi. Shu tariqa, Lori Chaves-DeRemer Trampning ikkinchi muddatdagi ma’muriyatini tark etgan uchinchi rahbar ayol bo‘ldi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter