Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Venesuela AQSh bilan keskinlik fonida harbiy mashg‘ulotlarini boshladi

Venesuela AQSh bilan keskinlik fonida harbiy mashg‘ulotlarini boshladi

So‘nggi oylarda AQSh Karib dengizi hududidagi bir necha kemalarga zarba berdi. Vashingtonning bayonotiga ko‘ra, bu kemalar narkotik moddalarini tashish bilan shug‘ullangan.

Shu orada Venesuela mamlakat mudofaa qobiliyatini oshirish va havo hududini ehtimoliy tashqi tajovuzdan himoya qilish maqsadida keng ko‘lamli harbiy mashqlarni boshladi.

Manyovrlarda taxminan 200 ming nafar harbiy xizmatchi, xalq posbonlari, politsiya xodimlari, shuningdek, prezident Nikolas Maduro hukumatiga yaqin jamoat faollari ishtirok etmoqda.

Uchrashuvlar va mashqlar AQSh bilan munosabatlardagi keskinlik fonida o‘tmoqda. Bu keskinlik Donald Tramp ma’muriyatining Venesuela qirg‘oqlari yaqinidagi Karib suvlariga harbiy kemalar yuborish haqidagi buyrug‘i ortidan yanada kuchaygan.

Vashington Karakas hukumatini narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi yetarlicha kurashmaslikda ayblamoqda.

Haftaning boshida AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset shunday zarbalardan biri haqida ma’lum qildi. G‘arb axborot agentliklarining xabariga ko‘ra, sentyabrdan buyon AQSh tomonidan shubhali kemalarga qilingan 19 ta zarba natijasida kamida 75 kishi halok bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring