Vengriyada «katta tozalash»: Orbanning odamlariga 31-maygacha muhlat berildi
Peter Madyar Viktor Orbanning qo‘g‘irchoqlari 31-mayga qadar o‘z lavozimlarini ixtiyoriy ravishda tark etishlari mumkin, dedi.
Bu talab Vengriya Prezidenti, Kuriya (Oliy sud) raisi, Milliy sud boshqarmasi rahbari, Konstitutsiyaviy sud raisi va Bosh prokurorga qaratilgan.
«Agar ular 31-maygacha o‘z xohishi bilan iste’foga chiqmasa, biz millionlab vengerlardan olingan mandat asosida ularni egallab turgan lavozimlaridan chetlatamiz», — deb yozdi Vengriyaning bo‘lajak bosh vaziri o‘zining X sahifasida.



Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter