Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyada o‘rtacha maosh qancha?

Yaponiyada o‘rtacha maosh qancha?

Yaponiyada real o‘rtacha ish haqi o‘tgan yilning noyabr oyida 2024-yil darajasiga nisbatan 2,8 foizga qisqardi. Bu ma’lumot mamlakat hukumati hisobotida keltirildi.

O‘tgan noyabrda Yaponiyada o‘rtacha ish haqi 0,5 foizga oshgan, biroq bu 2024-yilga nisbatan 3,3 foizga ko‘tarilgan narxlar o‘sishini qoplamadi. Eng ko‘p oziq-ovqat va elektr energiyasi qimmatlashdi.

Mamlakat kasaba uyushmalari bahorda xususiy biznes vakillari bilan ish haqi bo‘yicha an’anaviy muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Uchrashuvda maoshlarni 5 foizdan ko‘proqqa oshirishni muhokama qilish rejalashtirilgan. Hozirda Yaponiyada o‘rtacha ish haqi 310 ming iyena (1 980 dollar)dan sal ko‘proqni tashkil etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring