Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi

Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi

Afg‘onistonda bugun, 18-aprel sanasida sodir bo‘lgan zilzila kuchi mamlakatimiz hududlarida ham sezildi, deb xabar berdi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.

Zilzila soat 07:54:22 da qayd etilgan. Magnitudasi 5,5 ballni tashkil etib, 150 kilometr chuqurlikda yuz bergan. Zilzila o‘chog‘i Badaxshon hududida joylashgan (Toshkentdan 537 kilometr olisda).

O‘zbekiston hududida zilzila kuchi sezilishi: Surxondaryo viloyatida — 2–3 ball, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo, Andijon, Namangan, Toshkent viloyatlari va poytaxtda — 2 ball.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring