Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanish taqiqlandi

Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanish taqiqlandi

Afg‘onistonda davlat xizmatchilari va «Tolibon» harakati a’zolariga smartfonlardan foydalanish taqiqlandi.

Afghanistan International nashrining xabar berishicha, mazkur qarorni harakatning oliy rahnamosi mulla Haybatulloh Oxundzoda qabul qilgan.

Ma’lum qilinishicha, taqiqni buzgan shaxslar harbiy sudlarga topshiriladi. Shuningdek, smartfondan foydalanishi taqiqlangan shaxslarning ismi-sharifi, lavozimi, ish joyi, mobil operatori va telefon raqami kiritiladigan maxsus ro‘yxat ham shakllantirilgan.

Kabul Now nashri ma’lumotiga ko‘ra, qaror e’lon qilingach, ijtimoiy tarmoqlarda «Tolibon» a’zosining o‘z smartfonini yo‘q qilayotgani aks etgan video tarqalgan.

Bundan tashqari, Afg‘oniston ta’lim vazirligi talabalarga ham o‘quv muassasalariga smartfon olib kirishni taqiqlovchi buyruq chiqargan.

Hozircha mazkur cheklovlar joriy etilishiga nima sabab bo‘lgani rasman izohlanmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring