IIV yig‘ilishi: olti mansabdor ishdan olindi
Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Aziz Toshpo‘latov rahbarligida Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda, birinchi navbatda 2026-yilning 6 oyda Respublika hududidagi kriminogen vaziyat, sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar muhokama qilindi. Joriy yilda jami 125 387 ta siyosiy, madaniy, sport va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazilib, ularda jami 70 mln. dan ortiq fuqarolarning xavfsizligi ta’minlandi. Hisobot davri natijalariga ko‘ra jami 5 778 ta (64 foiz) mahallarda jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
476 ta mahallar «qizil» toifada qolayotganligi keskin tanqid qilindi.
Sud va tergov organlaridan yashirinib, javobgarlikdan qochib yurgan qidiruvdagi 5 010 nafar shaxs qo‘lga olinib, keyingi jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi. Yashash manzilidan chiqib ketgan va bedarak yo‘qolgan 2 616 nafar shaxs qisqa fursatlarda aniqlanib, xavfli vaziyatlarni oldini olindi va ular oilasi bag‘riga qaytarildi.
O‘tgan 6 oyda davomida respublika hududidagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi sababli 6 nafar shahar va tuman ichki ishlar organlari boshliqlari, 2 nafar ularning jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosarlari va 2 nafar viloyat ichki ishlar boshqarmalarining mas’ul rahbarlarini lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, 7 nafar rahbarlarga qattiq intizomiy jazo hamda 3 nafar rahbarning lavozimida qolish yoki qolmaslik masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha Hay’at qarori qabul qilindi.
Shu bilan birga reyting natijalariga ko‘ra, oldini olishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni sodir etilishiga yo‘l qo‘ymagan va tashabbus bilan jinoyatlarni aniqlashda eng yaxshi natijalarga erishgan – birinchi o‘rin Toshkent viloyati, ikkinchi o‘rin Samarqand viloyati va uchinchi o‘rinni egallagan Farg‘ona viloyatlari ichki ishlar boshqarmalari, shuningdek Navoiy viloyatining Karmana, Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on, Farg‘ona viloyatining Quva, Toshkent shahrining Yunusobod, Namangan viloyatining Namangan, Buxoro viloyatining Jondor, Toshkent viloyatining Piskent hamda Jizzax viloyatining Yangiobod tumanlari IIB rahbarlarini o‘rnatilgan tartibda rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter