Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘onistonlik tadbirkorlar O‘zbekiston avtomobil bozoriga qiziqish bildirmoqda

Afg‘onistonlik tadbirkorlar O‘zbekiston avtomobil bozoriga qiziqish bildirmoqda

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Avtomobil va ehtiyot qismlari savdosi sohasida faoliyat yurituvchi 30 nafardan ortiq afg‘onistonlik tadbirkordan iborat delegatsiya Toshkent shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif dasturining birinchi qismida mehmonlar Sergeli tumanidagi iste’moldagi transport vositalari va ehtiyot qismlari bozori, Tashkent INDEX savdo majmuasi hamda Banner Print MChJ faoliyati bilan tanishdi.

Delegatsiya a’zolariga savdo infratuzilmasi, xizmat ko‘rsatish tizimi, avtomobillar va ehtiyot qismlari savdosi uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, ushbu yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston va Afg‘oniston tadbirkorlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ham muhokama qilindi.

Tashrif doirasida yana bir qator uchrashuvlar o‘tkazish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring