Bugun O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda bugun havo biroz, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, shimoliy hududlar va cho‘l zonasining ayrim joylarida 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Havo harorati 37–42 daraja bo‘ladi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 10–12 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat 39–41 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi. Ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28–33 daraja bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter