Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbek va jahon boksi afsonasi Rufat Risqiyev 76 yoshida vafot etdi

O‘zbek va jahon boksi afsonasi Rufat Risqiyev 76 yoshida vafot etdi

O‘zbek va jahon boksining afsonalaridan biri, «Toshkent yo‘lbarsi» nomi bilan dong taratgan Rufat Risqiyev 76 yoshida vafot etdi.

Rufat Asadovich Risqiyev 1949-yil 2-oktyabr kuni Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on shahrida tavallud topgan. 1974-yilgi jahon chempionatida zafar quchib, dunyo birinchiligida g‘alaba qozongan ilk o‘zbek bokschisi bo‘lib tarixda qoldi. Shuningdek, Rufat Risqiyev 1976-yilgi Olimpiya o‘yinlari finalchisi ham ekani yaxshi ma’lum.

2019-yildan e’tiboran boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi ishtirokchisiga Rufat Risqiyev sovrinini topshirish joriy etilgan.

Xabar.uz jamoasi marhumning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring