Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Emomali Rahmon Tojikistondagi o‘zbeklar uchun o‘zbek maktablarini ochishni buyurdi

Emomali Rahmon Tojikistondagi o‘zbeklar uchun o‘zbek maktablarini ochishni buyurdi

Foto: Xovar milliy axborot agentligi

Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon 14 avgust kuni Tursunzoda shahrida so‘zlagan nutqida mamlakatda yashayotgan o‘zbeklar uchun o‘z tilida ta’lim olish va milliy madaniyatini asrab-avaylash imkoniyatlarini kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

U shaharda istiqomat qilayotgan o‘zbeklar uchun maktablar qurish, o‘zbek tilida darslik va kitoblar nashr etish bo‘yicha topshiriq berdi.

Shuningdek, o‘zbek tilida ta’lim olishni istaganlar uchun zarur sharoitlarni yaratish, yoshlarning oliy ta’lim olishi uchun oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tilida ta’lim beruvchi fakultetlar ochish masalasini ko‘tardi.

«Ular o‘z tili, madaniyati va milliy urf-odatlarini to‘laqonli bajarsinlar», — dedi Emomali Rahmon.

Tojikiston rahbari O‘zbekiston bilan bu borada kelishuvga erishilganini ham ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Tojikiston o‘z hududida yashayotgan o‘zbeklar uchun, O‘zbekiston esa mamlakatda istiqomat qilayotgan tojiklar uchun zarur sharoitlarni yaratishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring